O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026- yil 29-sentyabrdagi "Elektr xavfsizligi oyligi "ni o'tkazish chora tadbirlari to'grisidagi 523- sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2026 yilning 9-oktabr kuni G‘allaorol tuman 1-son texnikumida o‘quvchilar ishtirokida “Elektr xavfsizligi — hayot xavfsizligi” mavzusida mazmunli va qiziqarli ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish qoidalarini o‘rgatish, elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Dars davomida o‘quvchilarga:
🔹 Elektr toki va uning inson hayotiga ta’siri haqida tushunchalar berildi.
🔹 🔌 Elektr jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirildi.
🔹 🚫 Shikastlangan elektr simlari va nosoz qurilmalardan foydalanishning xavfli oqibatlari haqida ma’lumot berildi.
🔹 🚨 Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va ehtiyot choralariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹 👨🎓👩🎓 O‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari mustahkamlanib, faol ishtiroki ta’minlandi.
💚 YODDA TUTING!
💧 Nam qo‘l bilan elektr jihozlariga tegmang!
⚡️ Ochiq elektr simlariga yaqinlashmang!
🛠️ Elektr jihozlaridagi nosozliklarni o‘zingiz bartaraf etmang!
📢 Xavfli vaziyat yuzaga kelganda darhol mas’ul shaxslarga xabar bering!
🌟 Elektr xavfsizligi — har bir insonning hayoti va salomatligi uchun muhim omil! Bunday ochiq darslar yoshlarning bilimini oshirish, ularda hushyorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi. 👏📖
⚡️ Elektr bilan hazillashmang — hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang!
🛡️ Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling — hayotingizni asrang!
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh sportchimiz Jahon kubogida 1-o‘rinni egalladi!
Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida o‘zbek jang san’atining belbog‘li kurash turi bo‘yicha nufuzli Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning turli hududlaridan kuchli sportchilar ishtirok etgan ushbu xalqaro musobaqada G‘allaorol tumani 1-son texnikumining 2-bosqich 4-25-guruh o‘quvchisi Nazarov Quvonchbek Komiljon o‘g‘li yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Har bir bellashuvda o‘zining kuchli irodasi, chaqqonligi, matonati, mahorati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etgan Quvonchbek musobaqani muvaffaqiyatli yakunlab, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
2026 yilning 5 oktabr kuni G‘allaorol tumani 1-son texnikumida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining tantanali va’da berish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni texnikum direktori Nazarov Xudoyberdi ochib berib, yoshlarni ushbu unutilmas kun bilan muborakbod etdi. O‘z so‘zida yoshlarga Vatanga sadoqatli, jasur, intizomli va fidoyi bo‘lishlarini tilab, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini qadrlash hamda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga tantanali ravishda va’da berdilar.
O‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida G‘allaorol tumani 1-son texnikumi o‘quvchisi Nazarov Quvonch munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Ushbu natija — Quvonchning tinimsiz mehnati, muntazam mashg‘ulotlari, qat’iyati, jasorati va sportga bo‘lgan ishtiyoqining yorqin namunasidir. Musobaqada kuchli raqiblar bilan bellashib, o‘z mahoratini namoyish etgani tahsinga loyiq.
🇺🇿 O‘zbek jang san’ati nafaqat jismoniy kuch, balki jasorat, intizom, tezkor fikrlash, sabr-toqat va milliy qadriyatlarga hurmatni ham tarbiyalaydi.
Nazarov Quvonchni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ishonamizki, bu g‘alaba uning sportdagi katta yutuqlari sari qo‘yilgan yana bir muhim qadam bo‘ladi. Kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yanada ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz!
3-o‘rin — bugungi natija, ertangi katta g‘alabalar sari boshlanish!
Barakalla, Quvonch! Siz bilan faxrlanamiz!
Joriy yil 18-mart kuni G'allaorol tuman 1-son texnikumida "Ochiq eshiklar kuni'" tadbiri o'tkazildi. Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - oʻquvchilarni muassasa faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim yo'nalishlari hamda imkoniyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo'ldi. Tadbir davomida o'quvchilarga texnikum haqida batafsil ma'lumot berildi. O'quv xonalari, laboratoriyalar va kompyuter sinf xonalari, o'quv ustaxonalardagi shart sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. 2026-2027-yil uchun yangi yo'nalishlar va qabul jarayonlari haqida tushuntinshlar olib borildi. "Ochiq eshiklar kuni" yuqori saviyada tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlashiga va yo’naltirishda muhim ahamyat kasb etdi. Tadbirda hududdagi 22-umumta'lim maktabidan 155 nafar, 86-umumta'lim maktabidan 45 nafar, 73-maktabdan 57 nafar, 52- umumta'lim maktabidan 55 nafar, jami: 312 nafar 9-sinf bitiruychilari ishtirok etdi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni G’allaorol tuman G’allaorol tuman 1-son texnikumida PF-190 va PQ-316 mazmun va mohiyati, ushbu farmon va qarorlarning Kasbiy ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati to’g’rida semenar bo’lib o’tdi. Semenarda texnikum direktori X.Nazarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23- oktabrdagi PF-190-son Farmoni va “ Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarorini bilan ta’nishtirdi. Professional ta’lim tizimidagi o’zgarishlar farmon va qarorning mazmun moxiyatini atroflicha aytib o’tdi. Tizimda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, mehnat bozori va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, o‘quv-me’yoriy hujjatlami yuritish hamda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etishni aytib o’tdi.
G'allaorol tuman 1-son politexnikumida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida "Mard o'g'lon" musobaqasi tashkil etildi. 4-ta shart asosida bo'lib o'tgan musobaqada 1 va 2-bosqich guruhlari o'quvchilari ishtirok etib o'z jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o'tkazdilar. Yakkalik musobaqalarida 100 metrga yugurish baxslarida 1-o'rinni 7-25-guruh o'quvchisi Xudoyberdiyev Asad qo'lga kiritgan bo'lsa, granata uloqtirish baxslarida 5-24-guruh o'quvchisi Raxmatullayev Shaxzod g'olib deb topildi. Xarbiy aslahalar toyyorgarligi va gaz niqobbi taqish tezligi bo'yicha esa eng yuqori natijani 7-25-guruh o'quvchisi Xudoyberdiyev Asad qo'lga kiritdi. Arqon tortishish bo'yicha jamoaviy musobaqada esa 7-24-guruh o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi.
G'oliblarni taqdirlash 14-yanvar kuni, texnikum bayram tadbirida bo'lib o'tadi.
2025 yil 23 dekabr kuni Qozog’iston Respublikasining Oqto’ba viloyatida “Bilim.Ko’nikmalar. Kelajak” mavzusida xalqaro Forum bo’lib o’tdi. Forumga Belorussiya, O’zbekiston, Fransiya, Finlandiya, Yaponiya va Xitoy davlatlaridan kasbiy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. O’zbekisotn delegatsiyasi tarkibida G’allaorol tuman 1-son texnikumi direktori X.Nazarov ham Xalqaro Forumda ishtirok etdi. Forumda dunyo bo;yicha kasblarning yangilanib borishi, zamobaviy kasblarga o’qitish metodikasi, kasbiy ta’lim sohasida Sun’iy intelekt mavzularida ma’ruzalar, taqdimorlar o’tkazildi.
Forum yakuni bo’yicha G’allaorol 1-son texnikumi va Oqto’ba sanoat texnologiyalari kolleji, Oqto’ba oily politexnika kolleji, Oqto’ba qurilish texnika kolleji, Oqto’ba avtomobil yo’llari kollejlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.